|   ENG
Fakultetlar

Xizmatlar
 

KONSERVATORIYA HAQIDA

ma'lumotlar

 

 

O’zbekiston davlat konservatoriyasi Markaziy Osiyo miqyosida musiqa sohasida birinchi yuzaga kelgan oliy uquv yurtidir. U 1936 yilda tashkil topgan. Konservatoriya jamoasining ijodiy tarixini, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga yo’naltirilgan ishlarni bir qator taniqli san’atkorlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Jumladan, kompozitorlardan Muxtor Ashrafiy, Aleksey Kozlovskiy, Georgiy Mushel’, Boris Gienko, Hamid Rahimov, pianinochilardan Nikolay Yablonovskiy, Rudol’f Kerer,

torli va damli cholg‘u ijrochilardan Mixail Reyson, Vasiliy Pulatov, xonandalardan Nasim Hoshimov, Saodat Qobulova, Kurkmas Muxitdinov, musiqashunoslardan Ishoq Rajabov, Il’yos Akbarov haiq chol'gu ijrochilardan Turg‘un Alimatov, Ahmad Odilovlarni alohida tilga olish mumkin.

Ayni paytda ushbu oliy maskanda 49 nafar professor, 70 dan ziyod dotsent hamda 38 nafar fahriy unvon sohiblari samarali faoliyat ko’rstamoqda. Ulardan O’zbekiston xalq artistlari Zohid Xaqnazarov, Farrux Zokirov, Mansur Toshmatov, Ismoil Jalilov, Munojot Yo’lchieva, Nasiba Abdullaeva, O’zbekiston Respublikasi san’at arboblari Ofeliya Yusupova, Feliks Yanov-Yanovskiy, To’xtasin G‘ofurbekov, Ravshan Yunusov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Quvonch Usmonov, Boxodir Salixov va boshqa o’nlab san’atkorlar nomlari nafaqat respublikamizda, balki jahon musiqa olamida e’tirof etilib, O’zbekiston musiqa san’atining obro’siga shonu-shuxrat keltirmoqdalar.

KONSERVATORIYA

ma'lumotlar

 

Xozirgi kunda O’zbekiston davlat konservatoriyasida va uning qoshidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyida 1000-dan ziyod talaba va o’quvchilar tahsil olmoqda. O’quv yurtimizda 6-ta fakul’tet, 24 kafedralarda Bakalavriat, Magistratura, Assistent-stajyorlik, Aspirantura va malaka oshirish bosqichlari mavjud.

 

O’zbekiston davlat konservatoriyasining ta’lim tizimida ovro’po klassik yo’nalishlari (fortepiano, torli va damli cholg‘ular, xor va opera-simfonik dirijyorligi, akademik xonandalik) bilan bir qatorda o’zbek milliy ijrochiligi (O’zbek xalq cholg‘ulari, o’zbek an’anaviy xonandalik va cholg‘u ijrochiligi), ommaviy madaniyat (estrada xonandaligi, estrada cholg‘u ijrochiligi) va zamonaviy texnologiyalar mutaxassisliklari (musiqiy ovoz rejissyorligi) bo’yicha o’qitish tashkil etilgan.

Batafsil...